Tadbirkorning 1 mlrd. so‘mdan ziyod haqlari undirib berildi

Jamiyat 18:39 / 10.09.2019 3796

MIB ma'lumotiga ko‘ra, 6 avgust kuni Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati Oltinko‘l tuman bo‘limiga “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MChJ foydasiga qarzdor korxonadan qarz undirish bilan bog‘liq G‘ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining 4 avgustdagi ijro varaqasi kelib tushgan.

MIB mazkur ijro hujjati bo‘yicha o‘zining qonuniy harakatlarini amalga oshirgan.

Qarzdor hisob raqamiga 2019 yil 20 avgustda O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra inkassa topshiriqnomasi hamda undiruvni qarzdorning hisob raqamlaridagi pul mablag‘lariga qaratish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, bank muassasasiga yuborgan.

Qarzdor korxona direktori yozma arizasiga ko‘ra qarzni to‘lash uchun ijro harakatlari 10 kun muddatga kechiktirilgan.

Joriy yil 4 sentabr kuni ijro hujjatlarida undirilishi ko‘rsatilgan jami 1 mlrd. 484 mln. 67 ming so‘m mablag‘ undiruvchi “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MChJga to‘liq undirilishi ta'minlangan.

Ko‘proq yangiliklar: