Qarshi shahrida «Hamkorbank» ATBning Qashqadaryo mintaqaviy filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 19:00 / 10.09.2019 11010

Aholi va tadbirkorlik sub'yektlari uchun bank mahsulotlari va xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida 2019 yil 7 sentabr kuni Qashqadaryo mintaqaviy filiali ochildi, natijada «Hamkorbank» filiallari umumiy soni 43 taga yetdi, xizmat ko‘rsatish punktlarining umumiy soni esa 200 taga yetdi.

Yagona korporativ uslubda qurilgan «Hamkorbank» Qashqadaryo mintaqaviy filiali zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlarga ega.

Ochilish marosimiga Qashqadaryo viloyatining yirik tadbirkorlari, Qashqadaryo viloyati hokimi va hokimlik vakillari hamda Markaziy bank viloyat boshqarmasi vakillari tashrif buyurishdi.

«Hamkorbank» Qashqadaryo mintaqaviy filialida jismoniy va yuridik shaxslar bank xizmatlarining barcha turlaridan, shu jumladan, hisob kassa xizmatlari, xalqaro pul o‘tkazmalari, xalqaro va milliy to‘lov tizimlari plastik kartalari, bankomatlar va bankning boshqa moliyaviy xizmatlaridan foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Filial ochilish marosimida «Hamkorbank» ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Nazirjon Kadirov nutq so‘zlab, Qashqadaryo viloyati iqtisodiy jihatdan tez rivojlanayotgan Respublikamizning strategik hududlaridan ekanligi, tadbirkorlik sub'yektlari va viloyat aholisining sifatli bank mahsulot va xizmatlariga bo‘lgan talabi ortib borayotganligi va yangi ochilgan ushbu filial mijozlarning talab va ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish uchun sifatli xizmat ko‘rsatishini ta'kidladi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, Qashqadaryo mintaqaviy filiali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan biznes markaz binosida joylashgan. Biznes markaz viloyat va Qarshi shahri tadbirkorlik sub'yektlari uchun shinam ofislarda faoliyat yuritish, biznes konferensiyalar va uchrashuvlar tashkil etish imkoniyatini beradi.

Qashqadaryo mintaqaviy filialiga marhamat!

Manzil: Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasi, 52-uy.

Mo‘ljal: Viloyat adliya boshqarmasi ro‘parasida.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon: 0 800 1‑200‑200

Bank mahsulotlari va xizmatlari haqidagi yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Facebook: fb.com/HamkorBank.uz  

Telegram: t.me/Hamkorbankuz

Instagram: @hamkorbank_jscb

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: