«O‘zmilliybank» filiallari bo‘ylab sayohat: tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar

Jamiyat 17:31 / 10.09.2019 4467

Joriy yilning 27 avgustidan 11 sentyabriga qadar «O‘zmilliybank» Toshkent shahar Bosh Boshqarmasi o‘z filiallarida tadbirkorlar va bank mutasaddilari ishtirokida ochiq davra suhbati o‘tkazishni rejalashtirgan. Ushbu uchrashuvlardan maqsad mijozlar va rahbariyat o‘rtasida xizmat sifatini oshirish va mavjud kamchiliklarni barataraf etishdir.

7 sentabr kuni «O‘zmilliybank» Toshkent shahar Bosh Boshqarmasi binosida Prezidentning 2019 yil 13 avgustdagi PF-5780-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni hal qilish maqsadida tadbir tashkil etildi. Suhbat chog‘ida tadbirkorlar bank xizmatlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Jumladan, xorij texnologiyasini ishlab chiqarishga jalb qilishda bank tadbirkorlarga qanday yordam ko‘rsatishi haqida bank mutasaddilari mijozlarga ma'lumot berishdi.

Kunning ikkinchi yarmida bank rahbarlari va mutasaddilari «O‘zmilliybank» Toshkent shahar Bosh Boshqarmasi Olmazor filialiga tashrif buyurishdi. Avvaliga mehmonlar banklarda mijozlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Misol sifatida, Olmazor filialiga kelgan mijozlarga universal menedjyerlar xizmat ko‘rsatadi. Ushbu amaliyotning ahamiyati shundaki, xodimlar mijozlarning har qanday savollariga operativlik bilan javob berishadi, ya'ni mijozning bankda o‘tkazadigan vaqti tejaladi.

Tadbirkorlar uchun uyushtirilgan davra suhbati davomida Olmazor filiali va «O‘zmilliybank» Toshkent shahar Bosh Boshqarmasi faoliyati bo‘yicha takomillashtirish bo‘yicha takliflar berildi. Tadbirkorlar bank xodimlarining dam olish kunlari ham xizmat ko‘rsatishsa, bu mijozlarga har tomonlama qulay bo‘lishi, shuningdek, bank tomonidan tadbirkorlik sub'yektlariga pul o‘tkazish operatsiyalari tezkorlik bilan amalga oshirish juda muhimligi haqida fikr bildirishdi. Do‘stona muhit tarzida o‘tgan muloqot chog‘ida tomonlar o‘z muammolarini joyida hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. O‘tkazilgan uchrashuvlar bank va mijoz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkam bog‘lashda yana bir dadil qadam bo‘ldi, deyish mumkin.

2019 yil boshidan 1 sentyabrigacha bank tomonidan milliy valutada 692,4 mlrd so‘mlik, xorijiy valutalarda esa 94,9 mln AQSh dollari va 77,9 mln Yevro miqdorida pul mablag‘lari ajratilgan. Ushbu mablag‘lar hisobiga qariyb 3 ming 500 ish o‘rni yaratilgan. Qo‘shimcha qilib shuni ta'kidlash lozim-ki, «O‘zmilliybank» mijozlarning oshib borayotgan talabini qondirish uchun yilga-yilga ajratilayotgan mablag‘lar miqdorini oshirib bormoqda.

«O‘zmilliybank» Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: