O‘zbekiston Respublikasining bosh davlat sanitariya inspektori va bosh davlat sanitariya vrachi tayinlandi

O‘zbekiston 16:46 / 10.09.2019 27334

Prezidentning 9 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati tashkilotilari va ularning hududiy bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida esa Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tashkil etildi.

Bugun, 10 sentabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Nurmat Satiniyazovich Otabekov Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i – O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya inspektori, Bahrom Ibragimovich Almatov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori – O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi etib tayinlangani ma'lum qilindi.

Nurmat Otabekov
Bahrom Almatov

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining telegramdagi kanalida xabar qilinishicha, Nurmat Otabekov bugungi kungacha Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori, Bahrom Almatov esa Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: