Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Notarial palatasining asosiy vazifalari belgilandi

Foto: Shutterstock
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining barcha notarial idoralar notariuslarining a'zoligiga asoslangan O‘zbekiston Notarial palatasini tashkil etish haqidagi taklifi ma'qullandi.
Quyidagilar O‘zbekiston Notarial palatasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
notarial idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish hamda qonun hujjatlarining bir xilda qo‘llanilishini ta'minlashga doir takliflar ishlab chiqish;
nizolarning oldini oluvchi institut sifatida notariat rolini mustahkamlash, notariuslik kasbi nufuzini oshirish, shuningdek, notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini hamda ularning fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtalanishini tashkil etish;
yagona notarial amaliyotni ta'minlash choralarini ko‘rish, notarial idoralar faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlarni to‘plash va o‘rganish, ijobiy ish tajribasini ommalashtirish hamda notariuslarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish;
davlat organlari, boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda, sudda va boshqa hollarda notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
notariuslar tomonidan qonun hujjatlariga, kasb etikasi qoidalari va kasb majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish hamda ularning kasbiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalariga taklif kiritish.
Belgilanishicha, O‘zbekiston Notarial palatasi:
notarial idoralar notariuslarini birlashtiruvchi respublika nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi;
notariuslarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida ish yuritadi;
notariuslarning kirish va a'zolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Notarial palatasi bilan birgalikda:
nodavlat notarial idoralar notariuslari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tizimli va qat'iy nazorat o‘rnatadi;
mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib hamda nodavlat notarial idoralar faoliyatini har tomonlama tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

11:00 / 01.07.2025
Pensiya miqdorini oldindan aniqlash xizmati joriy etiladi

10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi

11:35 / 01.04.2025