Toliblar Afg‘oniston sharqida olti nafar jurnalistni o‘g‘irlab ketishdi

Jamiyat 19:09 / 07.09.2019 7221

Afg‘onistonning Paktika va Paktiya viloyatlarini bog‘lovchi avtotrassada olti nafar jurnalist “Tolibon” a'zolari tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Subhe Kabul nashri xabar berdi.

Paktiya viloyati politsiyasi matbuot kotibi Shoh Muhammad Arianning bildirishicha, jurnalistlarni Paktiya viloyati Zurmat uyezdi hududida o‘g‘irlab ketishgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, jurnalistlar ushbu viloyatda ikki kunlik seminar o‘tkazishni rejalashtirgan bo‘lgan.

Toliblar hozircha bu xabarga izoh bermadi. Avvalroq jangarilar agarda ularga qarshi targ‘ibot to‘xtatilmasa, OAV vakillari ta'qib qilinishi haqida ogohlantirishgandi.

 

 

Ko‘proq yangiliklar: