Leningrad oblastida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

Jamiyat 09:25 / 07.09.2019 30787

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi M.I. jasadi topilganligi haqidagi OAVda tarqalgan ma'lumotni tasdiqladi. Bu haqda TIV xabarida aytiladi.

Xabar qilinishicha, 2019 yil 3 sentabr kuni M.I. Leningrad oblastining Vsevolojsk tumanidagi qurilish maydonchasida balandlikdan qulash natijasida vafot etgan.

Fojiali voqea yuzasidan Bosh konsulxona Leningrad oblasti huquqni muhofaza qilish idoralari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Hozirda marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish masalasi hal qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan va eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

Ko‘proq yangiliklar: