Kecha, 6 sentabr kuni Farg‘ona shahridagi avtoshohbekatda Transport vazirligi tomonidan “Farg‘ona-Andijon”, “Farg‘ona-Namangan” va “Farg‘ona-Beshariq” shaharlararo yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/gQB7dJpYdn5xhJ1Pn03Zp98cNIRHMk2N.jpg)
Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishlarda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida Uzautotrans service korxonasining 14 ta Yutong rusumli zamonaviy avtobuslari ajratildi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/7IcDMcy7pVoqxdviyxk1itJUl8rIvT7u.jpg)
Vazirlik ma'lumotida Farg‘ona vodiysida shaharlararo yo‘nalishlarida tashkil etilgan muntazam avtobus qatnovlari yo‘lkira narxi ham ochiqlangan.
Jumladan, masofasi 65 km teng bo‘lgan “Farg‘ona-Andijon” avtobus yo‘nalishida chipta narxi 11 000 so‘m, “Farg‘ona-Namangan” yo‘nalishida 14 000 so‘m, “Farg‘ona-Beshariq” yo‘nalishida esa 18 000 so‘m etib belgilandi.