Bojxonachilar tomonidan psixotrop moddalarning yurtimizga noqonuniy kirib kelishining o‘z vaqtida oldi olinmoqda.
Jumladan, kuni kecha Qarshi xalqaro aeroportida xorijdan uchib kelib, “yashil yo‘lak” orqali harakatlangan fuqaro M.Sh.ning xatti-harakatlari bojxonachilarning e'tiborini tortdi va uning yuklari belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu shaxsning yuklari ichida deklaratsiyalanmagan hamda bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan polietilen paketdagi shokoladlar orasiga xufiyona tarzda yashirilgan 5 dona konvalutada 50 dona nomli “Alprozolam” psixotrop tabletkalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.