Farg‘onada MIB xodimini urgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 16:39 / 06.09.2019 6965

2019 yil 30 avgust kuni MIBning Farg‘ona viloyati Rishton tuman bo‘limi davlat ijrochisi M.O. o‘z xizmat vazifasini bajarish davomida qarzdor M.M.(1990 y.t.) ni «Uchariq» mahallasi hududida uchratib qolgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, davlat ijrochisi aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzlarini undirish bilan bog‘liq ijro harakatlarini amalga oshirish uchun uni o‘zi bilan birga MIB tuman bo‘limiga borishi lozimligini bildirgan vaqtda, qarzdor M.M. uni haqorat qilib, qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatib, urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 5 sentabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan M.M nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: