UZMOBILE bayram aksiyasini e'lon qiladi!

Jamiyat 15:06 / 05.09.2019 17063

Bayram arafasida har doim qarindoshlar va do‘stlarga sovg‘alar berish odatiy holdir. UZMOBILE jamoasi uchun esa bizning abonentlarimizdanda yaqinrog‘i va qadrlirog‘i yo‘q. O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni arafasida, «O‘zbektelekom» AK «UzMobile» filiali UZMOBILE GSM tarmog‘i abonentlari uchun uchta – «Kuzgi sovg‘alar», «Mustaqillik» va «Oila Uchun» bayram aksiyalarini e'lon qiladi.

Aksiyalar joriy yilning 1 sentyabridan 30 sentyabriga qadar o‘tkaziladi. Mazkur aksiyalar haqida batafsil ma'lumot quyida keltirilgan:

«Kuzgi sovg‘alar» aksiyasi

UZMOBILE abonentlari uchun kuz sovg‘alar bilan boshlanadi! 1 centyabrdan boshlab abonentlar hisoblarini 9000 so‘mdan yuqori bo‘lgan miqdorda bir martalik to‘lovni amalga oshirishlari orqali daqiqalar, SMS va Internet-trafik (MB) ko‘rinishidagi bonus to‘plamlarga ega bo‘ladilar.

Aksiyada «Salom», «Yoshlar», «Step», «Aloqachi», «Constructor» tarif rejalariga ulangan UZMOBILE GSM tarmog‘ining abonentlari ishtirok etishlari mumkin.

Aksiya shartlari haqida batafsil ma'lumotni mazkur havola orqali olishingiz mumkin.

«Mustaqillik» aksiyasi

UZMOBILE o‘z abonentlari haqida doimo o‘ylaydi va sarf-xarajatlarni o‘ylamay bir-birlarini tabriklashlari, shuningdek, suhbat qurishlari uchun kompaniya «Mustaqillik» aksiyasini o‘tkazmoqda. Aksiya 1 sentabr – O‘zbekiston Mustaqilligi kunida boshlanadi va joriy yilning 30 sentyabrida yakunlanadi. Aksiya doirasida Internet non-stop paketlarni va O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqali paketlarni sotib olgan abonentlarga 28% chegirma taqdim etiladi:  

1. Aksiya davomida «Internet non-stop» paketlarni taqdim etish shartlari:

Abonent tomonidan «Internet non-stop» paketini faollashtirib chegirma olish uchun mavjud Internet-paketni o‘chirib qo‘yish kerak (avval sotib olingan MB paket muddati tugashidan oldin saqlanib qolgan holda) va aksiya bo‘yicha istalgan paketni faollashtirish kerak.

2. Aksiya davomida O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqali paketlarni taqdim etish shartlari:

Aksiya shartlari haqida batafsil ma'lumotni mazkur havola orqali olishingiz mumkin.

«Oila uchun» aksiyasi

Bizning yurtimiz – bu O‘zbekiston xalqlarining katta, do‘stona, ko‘p millatli oilasidir. Har birimizning sevib, qadrlaydigan oilamiz bor. Aynan oilalarimiz uchun UZMOBILE «Oila uchun» aksiyasini o‘tkazmoqda va xuddi shu nomdagi xizmat uchun tariflarni 10 baravar kamaytiradi! «Oila uchun» xizmati tarmoq ichidagi abonentlarga cheksiz miqdorda mutlaqo bepul suhbatlashish imkoniyatini beradi.

Aksiya davomida 2019 yil 1 sentyabrdan 30 sentyabrgacha «Oila uchun» xizmatiga maxsus tariflar o‘rnatiladi:

Aksiya shartlari haqida batafsil ma'lumotni mazkur havola orqali olishingiz mumkin.

«O‘zbektelekom» AK o‘z abonentlarini O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi bilan tabriklaydi va barchaga sihat-salomatlik, tinchlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Oilangizga baxt va farovonlik hamroh bo‘lsin!

Telegram: t.me/uztelecomuz

Facebook: fb.com/uztelecom

Instagram: @uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

 

Ko‘proq yangiliklar: