Samarqanddagi hadis maktabi o‘z faoliyatini boshladi

Jamiyat 17:11 / 05.09.2019 6029

Samarqandda joriy yil 9-10 iyul kunlari hadis ilmi maktabiga qabul imtihonlari o‘tkazilgandi. Imtihonlarda qatnashgan 100 nafarga yaqin talabgorlar orasidan 12 nafar iqtidorli yoshlar saralanib, oliygoh maqomidagi mazkur maktabga qabul qilindi.

Bugun, 5 sentyabrdan mazkur maktabda ilk o‘quv yili boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Samarqand viloyat vakilligi Kun.uz`ga ma'lum qildi.

2018 yil 16 apreldagi «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligida Samarqandda hadis ilmi maktabi tashkil etilgandi.

Maktabdagi ta'lim jarayonining bugungi ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili, Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari ham ishtirok etgan.

Ko‘proq yangiliklar: