2019 yil 19 avgust kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Qoradori-2019” tezkor tadbiri o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, uning davomida “Quramaovul-Chuvildoq” mahallasida yashovchi 67 yoshli Sh.N.ning uyi molxonasidan 5 kg. 71 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.