O‘zbekistonning barcha hududlarida «Diqqat, bolalar!» tadbiri boshlandi

Jamiyat 14:03 / 04.09.2019 3548

Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan bugundan boshlab, mamlakatning barcha hududlarida “Diqqat, bolalar!” tadbiri boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan 10 kun davomida o‘tkaziladi. Bunda asosiy e'tibor umumiy o‘rta ta'lim maktablari, maktabgacha tarbiya muassasalari, akademik litsey va kollejlar atrofidagi yo‘llarga berilib, bu joylarga Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari biriktirilgan.

Qayd etilishicha, avtomobil haydovchilari oddiy yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasliklari, ya'ni yo‘lda mobil telefonda gaplashish, mast holda avtomobil boshqarish, svetofor ishorasiga rioya qilmaslik, tezlikni belgilangan me'yoridan oshirish, piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l bermasliklari oqibatida ayanchli yo‘l-transport hodisalari yuz bermoqda.

“Hurmatli, haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda, piyodalar o‘tish joylariga yaqinlashganda avtomobil tezligini pasaytirib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bering. Bolalar gavjum joylar atrofidagi yo‘llarda avtomobilda harakatlanayotganda hushyorlikni oshiring. Yo‘llaringiz bexatar bo‘lsin!” - deyiladi IIV ma'lumotnomasida.

Ko‘proq yangiliklar: