Hongkongda bolalar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari 8ta medal olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Dunyoning 20dan ortiq mamlakatidan 2500 nafar bola qatnashgan olimpiadada ilk marta ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 10 nafar o‘quvchi bilan Hongkongga yo‘l olgandi.
Olimpiadada quyidagi bolalar sovrindor bo‘lishdi:
Oltin
Madina Toliboyeva - «Genesis Education» maktabi o‘quvchisi;
Kumush
Temur Hasanov - «Sehriyo» maktabi;
Izzatilla Adilov - «Iste'dodli kelajak yoshlari» maktabi;
Bronza
Soliha Abdurasulova - «Iste'dodli kelajak yoshlari» maktabi;
Bunyod Daminov - 103-sonli maktab;
Samira Xodjabayeva - «Genesis Education» maktabi o‘quvchisi;
Anna Dju - «Genesis Education» maktabi o‘quvchisi;
Ruslan Teplyakov - «Bek Kichkintoy» bog‘chasi.
Bundan tashqari, «Genesis Education» maktabi o‘quvchisi Madina Toliboyeva «O‘zbekistonning eng yaxshi ishtirokchisi» uchun sertifikatni qo‘lga kiritgan va Tokioga yo‘llanma olgan.