Farg‘onadagi xonadonda gaz balloni portlab, yong‘in sodir bo‘ldi. Bir kishi shifoxonaga olib ketildi

Jamiyat 09:40 / 04.09.2019 4074

2019 yilning 2 sentabr kuni soat 12:32da Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Qo‘rg‘oncha MFY Chankat qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.M.ning uyida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotiga ko‘ra, yong‘inga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Voqea joyiga yetib borgan yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan. 

Yong‘in oqibatida yashash uyi oshxonasining 15 kv.metr maydonda tomi va shift qismlari yonib zararlangan. Yong‘indan yashash uyining 160 kv.metr maydoni saqlab qolingan. 

Ko‘rsatilgan manzilda gaz va havo aralashmasining chaqnashi natijasida uy egasining o‘g‘li 2002 y.t. fuqaro S.Q. kuyish tan jarohati olib, yong‘in o‘chirish ekipajlari yetib borgunga qadar shifoxonaga olib ketilgani ma'lum bo‘lgan.

Yong‘inning kelib chiqish sababi - gaz maishiy ballonini almashtirish vaqtida gaz sizib chiqib xonaga to‘planishi va uy egasining o‘g‘li gugurt yoqishi natijasida yuzaga kelgan chaqnashdan.

Ko‘proq yangiliklar: