Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp London meri bilan dahanaki jangga kirishdi

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda London meri Sodiq xon bilan dahanaki jangga kirishdi. Xon Trampni Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun Polshaga belgilangan safarini bekor qilgani uchun tanqid qilgandi.
Avvalroq Tramp “Dorian” dovuli oqibatlarini bartaraf etishdagi ishlarga boshchilik qilishi zarurligi vaji bilan Polshaga safarini bekor qilgandi. Polshadagi tadbirlarda ishtirok etgan London meri Politico nashriga bergan intervyuda AQSh prezidenti Polshaga “o‘ta mashg‘ulligi – golf maydonida dovul bilan kurashgani” uchun kelolmagani zaharxandalik bilan aytgan.
“Londonning nokompetent meri Sodiq Xon men kecha birrov golf partiyasini o‘ynaganimdan tashvish bildirgan”, deb aytgan Tramp. Bundan tashqari, u Xonning ismini xatolar bilan (Sadiq Khan o‘rniga Sadique Kahn) yozgan.
Trampning ta'kidlashicha, boshqalar soatlab yoki haftalab golf o‘ynagani borgan bir vaqtda u o‘ziga tegishli maydonlardan biriga birrov kirib o‘tadi. “Juda arzon, prezident Obama buning uchun Gavayiga borgan bo‘lardi”, deb aytgan Tramp.
Avval AQShning amaldagi prezidenti o‘zidan avvalgi prezident Barak Obamani golf o‘ynagani qimmatbaho safarlarga borishi uchun tanqid qilgan. Trampning tanqidchilari esa u prezident bo‘lganidan keyin soliq to‘lovchilar uning hordig‘i vaqtidagi xavfsizligini ta'minlashga va yo‘l xarajatlari uchun millionlab dollar sarflashlariga to‘g‘ri kelayotganini aytishadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Idish yuvish gubkasi: hojatxona tagligidan 456 baravar ko‘p bakteriya saqlaydigan oshxona buyumi haqida nimalarni bilasiz?
Jamiyat | 17:19
-
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 17:16
-
“Bir yarim yilda 28 ta topshirish punkti ochildi”: Uzum Market tarmog‘i tez o‘sish davrini boshdan kechirmoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasi utilizatsiya qilinishi mumkin
Jahon | 16:42
Mavzuga oid

15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

18:34 / 11.02.2025
“Deportatsiya noinsoniy ruhda kechyapti, amerikaliklar ham shokda” – Nyu Yorkdagi yurist bilan suhbat

15:23 / 04.02.2025