Nyu-Yorkning Uoll-Stritida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi

Nyu-Yorkning mashhur ko‘chalaridan biri – Uoll-Stritda O‘zbekiston bayrog‘ining ko‘tarilishi tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ushbu tadbir Turkiston-Amerika assotsiatsiyasi va “Vatandosh” tomonidan tashkillashtirildi.
Tadbirda AQShda yashovchi o‘zbeklar, ijtimoiy-siyosiy doiralar vakillari, OAV hamda shahar aholisi va mehmonlari ishtirok etishdi.
Ko‘pchilik mehmonlar o‘zbek milliy kiyimlarida bo‘lganlar. Bayroqning ko‘tarilishi O‘zbekiston madhiyasi bilan kechgan. Bayroq 15 metrlik flagshtokka o‘rnatilgan. U bir hafta davomida hilpirab turadi.
Tantana davomida o‘zbek diasporasining ijodiy guruhlari va musiqiy jamoalari ishtirokida madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, O‘zbekiston haqida foto va videomateriallar namoyishi, o‘zbek taomlari taqdimoti bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid

23:03
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

00:47 / 21.09.2023
Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka tashrifi yakunlandi

10:57 / 08.09.2023