Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Jamiyat 23:00 / 02.09.2019 5844

3 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi tashabbusi bilan Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab 5 kilometrlik marafon o‘tkaziladi. 

Ushbu marofon Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi bayrami  munosabati bilan tashkil qilinmoqda.

Marafonda Qurolli Kuchlar akademiyasi shaxsiy tarkibi, harbiy pensionerlar va boshqa tashkilot hamda vazirliklardan kelgan mehmonlar ishtirok etadi.  Shu sababli Toshkentning Kichik halqa yo‘lining bir qismi, Taraqqiyot, Mirzo Ulug‘bek va Parkent qo‘chalarining ayrim qismlarida harakat cheklanadi. 

«Keltiriladigan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz. 

Marafon soat 06:00da Qurolli Kuchlar akademiyasining saf maydonidan start oladi. Unda ishtirok etish istagini bildirganlarni ushbu salomatlik marafoniga taklif etib qolamiz», deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: