Fermer xo‘jaligidagi yerni xususiylashtirib berishni va'da qilib, aldov yo‘li bilan 15 000 dollar olgan ayol ushlandi

Jamiyat 09:40 / 02.09.2019 4063

2019 yil 27 avgust kuni Samarqand shahar IIBdan hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, 2018 yil yanvar-may oylarida Paxtachi tumanida yashovchi 40 yoshli G.N. ismli ayol Sattepo maskanida yashovchi 39 yoshli F.O‘. ismli ayolning uyida unga “Akobir Lochinbek” fermer xo‘jaligiga qarashli 1 gektar yer maydonini xususiylashtirib berishni va'da qilib, aldov yo‘li bilan undan 15000 AQSh dollarini olganligi va bergan va'dasini bajarmay pullarini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G.N. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: