2019 yil 28 avgust kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi 21 yoshli I.S. mast holda Buvayda tumanida joylashgan “Gulsanam” to‘yxonasida o‘zaro janjal oqibatida “Jaloyer” MFYda yashovchi 25 yoshli S.T.ni pichoq bilan jarohatlagan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada S.T. kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.S. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.