Telegram foydalanuvchilar raqamlarini barchadan yashirish funksiyasini joriy qilmoqchi

Fan-texnika 18:57 / 31.08.2019 8552

Telegram messenjerining yaqin vaqt ichida bo‘ladigan yangilanishlarida telefon raqamini barchadan yashirish imkoniyati paydo bo‘ladi, deb xabar berdi Reuters o‘z manbalariga tayanib.

Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, bu Hongkongdagi namoyishchilarga o‘z shaxslarini mahalliy va Xitoy hukumatidan yashirish imkonini beradi.

Hozirda Telegram sozlamalarida telefon raqamini yashirish imkoni mavjud, ammo telefon raqami kontaktlarda saqlangan bo‘lsa, u Telegram ilovasida ko‘rinib turadi.

Ushbu messenjerdan foydalanuvchi namoyishchilar hukumat raqamlar bazasidan qaysi raqamlar norozilik chatlarida paydo bo‘lishini tekshirishi, so‘ngra foydalanuvchining shaxsini aniqlashidan xavotirlanishmoqda.

Reuters manbasining ta'kidlashicha, Telegram jamoasi Hongkong yoki XXR hukumati foydalanuvchilarning shaxsini aniqlash uchun raqamlar bazasini yuklaganini qayd etgan. 

Hongkongdagi norozilik namoyishlari iyun oyidan buyon davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: