Sentabr-oktabr oylarida issiq suv ta'minoti o‘chiriladi 

Jamiyat 08:15 / 27.08.2019 24516

9 sentyabrdan 11 oktyabrga qadar Toshkent shahridagi issiqlik markazlari faoliyatini rejali to‘xtatish rejalashtirilgan bo‘lib, foydalanuvchilar 5 kun davomida issiq suv bilan ta'minlanmaydi. Bu haqda «Toshissiqlikenergo» ishlab chiqarish birlashmasi xabar bermoqda.

Issiq suvni o‘chirish jadvali:
 
«Shimoli-Sharqiy» IM-1 — 23-27 sentabr
«Qorasuv» IM-2 — 16-20 sentabr
«G‘arbiy» IM-3 — 9-13 sentabr
«Shimoliy» IM-4 — 7-11 oktabr
«Chilonzor» IM-5 — 16-20 sentabr
«Janubi-G‘arbiy» IM-6 — 16-20 sentabr
«Aviasozlar» IM-7 — 9-13 sentabr
«Sergeli» IM-8 — 7-11 oktabr
«Suvsoz» qozonxonasi— 9-13 sentabr
«Sanoatenergo»qozonxonasi— 23-27 sentabr
ToshIEM — 23-27 sentabr

Issiqlik tarmoqlari sinovi

5 sentyabrdan 11 oktyabrgacha shahar tumanlarida issiq suv ta'minoti uzilmagan holda issiqlik tarmoqlarining mexanik pishiqligi va mustahkamligi (bosim ortishiga) sinovdan o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: