Tusk Sholsni tanqid qildi va migratsiya qonunini kuchaytirishga tayyor
Polsha bosh vaziri Germaniya hukumatining Germaniya va Polsha chegarasidagi harakatlarida «mantiq yo‘q» deb hisoblamoqda. Tusk shuningdek, jinoyatda ayblangan migrantlar deportatsiya qilinishini ham ma’lum qildi.

Foto: DPA
Germaniyada migratsiya masalalari bo‘yicha bahslar chog‘ida Polsha bosh vaziri Donald Tusk Germaniya va Polsha o‘rtasidagi chegara nazoratini tanqid qildi, deb xabar berdi AFP 7 fevral, juma kuni kechqurun. Shu bilan birga, u jinoiy harakatlar sodir etganlikda ayblangan xorijliklar deportatsiya etilishi haqida e’lon qildi.
«Polshada bo‘lgan, mehmondo‘stligimizdan foydalanib, qonunni buzgan har bir kishi Polshadan deportatsiya qilinadi», dedi Tusk Gdanskda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen bilan qo‘shma chiqishida. Shuning uchun hukumat «uyushgan jinoyatchilik va xorijliklar tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik jinoyatlariga» javob berishda davom etadi», dedi bosh vazir. Fon der Lyayyenning tashrifiga Polshaning Yevropa Ittifoqi kengashiga raisligi boshlanishi sabab bo‘ldi. Yil boshida yig‘ilish YeK rahbarining betobligi sababli qoldirilgandi, deb xabar bermoqda AFP.
Tusk Sholsni tanqid qildi
Shu bilan birga, Donald Tusk federal kansler Olaf Sholsni shaxsan tanqid qildi, uning hukumati harakatlarida «hech qanday mantiq» ko‘rmayotganini bildirdi. «Agar biz Yevropaning tashqi chegarasini himoya qilishga sarmoya kiritadigan bo‘lsak, Germaniya va Polsha o‘rtasida nazoratga ehtiyoj qolmaydi», dedi Polsha hukumati rahbari. Shols dastlab Yevropa Ittifoqining sharqiy chegarasidagi chegara nazorat punktlarini Yevropa mablag‘lari hisobiga kengaytirishga qarshi bo‘lgan, ammo endi, Tuskning so‘zlariga ko‘ra, «u bu tashabbusga to‘sqinlik qilishni to‘xtatgan».
Migratsiya «Polshada ham, Germaniyada ham dolzarb mavzu», dedi Tusk 23 fevraldagi Bundestag saylovlari va may oyida bo‘lib o‘tadigan Polsha prezidentlik saylovlari oldidan. O‘z navbatida, fon der Lyayyen Yevrokomissiya «yaqin kelajakda Yevropa Ittifoqi orqali migrantlarning qaytishini tezlashtirish bo‘yicha taklif kiritish» niyatida ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid

12:45 / 10.03.2025
Germaniya temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar kechikkani uchun 196,8 mln yevro to‘ladi

10:27 / 10.03.2025
Germaniyaning 13 ta aeroportida ish tashlash boshlandi

23:28 / 08.03.2025
Germaniyada Mers va Shols partiyalari koalitsiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi

14:31 / 08.03.2025