Xalq banki Bo‘kadagi 15-Mehribonlik uyiga homiylik yordami ko‘rsatdi

Jamiyat 13:55 / 26.08.2019 1850

24 avgust kuni Xalq banki Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 15-sonli Mehribonlik uyiga yangi Damas avtomobili hamda 500 turdan ortiq turli badiiy va ilmiy kitoblarni tuhfa qildi.

Mustaqilligimizning 28 yillik shodiyonasi arafasida Xalq banki taqdim etgan tuhfalar 200 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz tarbiyalanadigan ushbu Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda tarbiyachilari uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Xalq banki yurtimizdagi juda ko‘p tarmoqqa ega moliya muassasasi bo‘lib, davlatning bir qator ijtimoiy yo‘nalishdagi loyihalarida ham faol ishtirok etadi.

Bank sportni rivojlantirish, mehribonlik uylari, oilaviy poliklinikalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mahallalarni obodonlashtirish, shuningdek, urush qatnashchilari va nogiron, qariya hamda front orti mehnat faxriylari, ijtimoiy himoyaga ehtiyoji bor hamda kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam ajratib keladi.

Xususan, birgina o‘tgan yilda Xalq banki tomonidan homiylik ishlariga 8,1 mlrd so‘mdan ortiq xayriya mablag‘lari yo‘naltirildi. Bu kabi xayrli ishlar joriy yilda ham davom ettirilmoqda. Asosiysi, buning natijasida qancha-qancha yurtdoshlarimiz qalbiga va xonadonlariga ezgulik va xursandchilik kirib bormoqda.

Xalq bankining rasmiy sahifalari:

Telegram orqali yozing: @xalqbank_official_bot
Telegram: t.me/xalqbankinfo
Facebook: fb.com/xalqbankinfo
Instagram: instagram.com/xalqbankinfo
Twitter: twitter.com/xalqbankinfo
Mover: https://bit.ly/2NuhFQW
YouTubehttps://bit.ly/33UcPCf

Xalq banki axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: