Ukrainadagi qator universitetlarga imtihonsiz, faqat suhbat asosida o‘qishga kirishni istaysizmi? Unda quyidagi ma'lumotlar siz uchun.
Samarqanddagi «Ukraine study center» markazi o‘zbekistonlik talabalarni Ukrainadagi oliygohlarga o‘qishga yuborish bilan shug‘ullanadi. Markaz quyidagi universitetlarga o‘qishga taklif qiladi:
– V.N.Karazina nomidagi Xarkov milliy universiteti;
– S.Kuznetsa nomidagi Xarkov milliy iqtisodiyot universiteti;
– Xarkov milliy farmatsevtika universiteti;
– Xarkov milliy shahar iqtisodiyoti universiteti;
– Ukraina davlat temiryo‘l transporti universiteti.
Yuqoridagi universitetlarda quyidagi fakultetlarga o‘qish imkoni bor:
- Tibbiyot;
- Farmatsiya;
- Iqtisodiyot;
- Xalqaro huquq;
- Aviatsiya;
- Jurnalistika;
- Xorijiy tillar;
- Xalqaro aloqalar;
- Neft va gazni qayta ishlash;
- Uchuvchilik;
- Logistika;
- va yana 50 dan ortiq fakultetlar.
Yuqorida nomi keltirilgan oliygohlarga o‘qishga kirish uchun imtihonlar bo‘lmaydi, faqat og‘zaki suhbat asosida Ukrainadagi oliygohlardan birining talabasiga aylanishingiz mumkin. Sizda bunday istak paydo bo‘lgan bo‘lsa, hujjatlaringizni 1 noyabrgacha Samarqanddagi «Ukraine study center» markaziga topshirishingiz mumkin.
Bu oliygohlarda o‘qish uchun to‘lov kontrakti narxlari ham cho‘ntakbop. Narxlar fakultetlarga qarab belgilanadi. Masalan mehmonxona va restoran biznesi fakultetida kontrakt narxi yiliga 2 050 AQSh dollarini, huquq yo‘nalishidagi fakultetida kontrakt narxi 1 400 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Samarqanddagi «Ukraine study center» markazi taklif qilayotgan yuqori saviyadagi oliygohlarning yana bir qulayligi bor. Markaz taklif qilayotgan ba'zi fakultetlarda kontrakt narxi yildan yilga pasayib boradi. Masalan Xarkov milliy havo kuchlari universitetining fuqarolik aviatsiyasi fakultetida o‘qish uchun to‘lov kontrakti birinchi yil uchun 2 650 AQSh dollarini, keyingi yildan 2 300 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Yoki bo‘lmasa Ukraina davlat temiryo‘l transporti universitetining bakalavr yo‘nalishida kontrakt birinchi yilda 1 750 AQSh dollarini, keyingi yillarda esa 1 400 AQSh dollarini tashkil qiladi. Xalqaro huquq fakultetiga birinchi yil 2 000 dollar, keyingi yillardan 1 500 dollar to‘lab o‘qishingiz mumkin.
«Ukraine study center» markazi manzili: Samarqand shahri, Shohrux Mirzo ko‘chasi 33.
Mo‘ljal: «Marmar bozori» (Krytiy rynok) ikkinchi qavatida.
Ma'lumot uchun telefonlar:
+998 91 313-00-21
+998 91 318-00-21
+998 90 589-47-08
Telegram-bot: t.me/lNGEK_bot
Reklama huquqi asosida