Turdimov haftaning juma va shanba kunlarini Samarqand viloyatida «Maktablar kuni» deb e'lon qildi

Jamiyat 11:11 / 23.08.2019 11406

Samarqand viloyatida haftaning juma va shanba kunlari «Maktablar kuni» deb e'lon qilindi. Viloyat hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, bu haqda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov xalq ta'limi tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarning an'anaviy avgust kengashi yalpi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ma'lum qilgan. 

Tadbirda viloyat hokimi barcha yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Vatanimiz Mustaqilligining 28 yilligi hamda bilimlar kuni bilan qutlab, viloyatda xalq ta'limi tizimida olib borilayotgan ishlar, erishilayotgan yutuqlar, shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari xususida so‘z yuritdi. Maktablarni yangi o‘quv yili, kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari haqida alohida to‘xtalib o‘tgan.

Videoselektor shaklida tuman va shaharlar bilan bog‘langan holda o‘tkazilgan yalpi yig‘ilishda, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari hamda moliya idoralariga joriy yilning 1 noyabrigacha kuz kish mavsumiga tayyor bo‘lmagan birorta maktab qolmasligi, maktablar hududini obodonlashtirish, tozalik ishlarini tashkil etish zarurligi yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: