«O‘zsanoatqurilishbank» rahbariyati qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar bilan muloqot qildi

Jamiyat 18:44 / 23.08.2019 8666

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanida «O‘zsanoatqurilishbank» boshqaruv raisi Aziz Voitov hududda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Davlat rahbari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolari zudlik bilan hal etilishiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bu borada «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bank boshqaruv raisi ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul ushbu yo‘nalishdagi sa'y-harakatlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Yetmishga yaqin tadbirkorlar ishtirok etgan uchrashuvda bank mas'ullari tomonidan bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, joriy qilinayotgan yangi xizmatlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida axborot berildi.

Sayyor qabul davomida tadbirkorlarning faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha muammo va takliflari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganilishi lozim deb topilgan masalalar shaxsan bank boshqaruv raisi nazoratiga olindi.

Uchrashuvdan so‘ng «O‘zsanoatqurilishbank» rahbariyati tumandagi ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, ularning murojaatlarini joyida qabul qildi. Xususan, ko‘mir briketlari ishlab chiqaruvchi «Shumanay Briket» korxonasi hamda «Yer Azizbek» parrandachilik korxonasining faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflari o‘rganildi.

«O‘zsanoatqurilishbank» rahbariyatining sayyor qabullari respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: