Farg‘onada fuqaro 2 kilogrammdan ortiq «marixuana» bilan qo‘lga olindi

Jamiyat 14:52 / 23.08.2019 4191

Farg‘ona shahrida “Qoradori-2019” tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Uning davomida Farg‘ona viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan 2019 yil 14 avgust kungi tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida, Farg‘ona shahar Yangi Asr ko‘chasida yashovchi 53 yoshli A.S. Terakzor ko‘chasida qo‘lidagi tselofan paketda 2 kg. 311 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasini olib ketayotganida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.   

Ko‘proq yangiliklar: