Xitoy “yangi avlod urushi”ni namoyish qildi (video)

Jahon 02:35 / 22.08.2019 38223

Xitoy armiyasi Tibetda Hindiston bilan chegarada tank hujumi uchun dronlar qo‘llagan holda katta ko‘lamli mashg‘ulotlar o‘tkazdi. 

Mashg‘ulotlarning o‘ziga xos jihati poligonning joylashuvi (4500 metr balandlikda) va zirhli texnika harakatlarining kamikadze-dronlar to‘dasi bilan qo‘llab-quvvatlanishi bo‘lgan. Mashg‘ulotlarda eng yangi ZTZ-99A tanklari va modernizatsiyalangan ZBD-04A jangovar mashinalari qo‘llangan. 

Nishonlar sifatida 1950-yillarning hisobdan chiqarilgan Tip 59 tanklari qo‘llangan.

Hujum PLZ-07 artilleriya qurilmalarining o‘t ochishi bilan qo‘llab-quvvatlangan. Razvedkani dron olib borgan. 

Mashg‘ulotlarda yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlari, jumladan BM-21 “Grad”ning Xitoy tomonidan takomillashtirilgan varianti ham qo‘llangan.  

Ko‘proq yangiliklar: