Rossiya Mudofaa vazirligi va Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i V Xalqaro armiya o‘yinlarining barcha musobaqalari translatsiyasini namoyish etib, ushbu musobaqalar bir vaqtning o‘zida jahonning 10 ta mamlakati 21 ta poligonida joriy yilning 3 avgustidan 17 avgustiga qadar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston o‘z hududida musobaqalar bo‘lib o‘tgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Harbiy jamoalar bellashuvlarining 20 dan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiyalari Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy guruhida 5 mln marta tomosha qilindi. Xalqaro armiya o‘yinlari jonli efirlari ijtimoiy tarmoqda ketma-ket ikkinchi yil eksklyuziv tarzda namoyish etilmoqda.
ArMI-2019 da Yevropa, Osiyo, Afrika, Markaziy va Lotin Amerikaning 39 ta mamlakatidan 223 ta jamoa ishtirok etdi.Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari o‘zbekistonliklar yutuqlarini jonli efirda kuzatib bordilar. Bizning jamoa tank biatlonining ikkinchi divizionida va harbiy-tibbiy estafetada birinchi o‘rin egalladi. Shuningdek,o‘zbekistonliklar “Qo‘shinlar razvedkasi a'lochilari”, “Rembat”, “Elbruss xalqasi”, “Ishonchli do‘st” tanlovlarida ikkinchi hamda “Artilleriya o‘ti ustalari”, “Musaffo osmon”, “Xavfsiz yo‘nalish”, “Dala oshxonasi”, “Yo‘l patruli” musobaqalarida uchinchi o‘rinlarga ega bo‘ldilar.
Har bir namoyish etilgan translatsiya o‘rtacha 200 mingga yaqin marta tomosha qilindi.
Odnoklassniki harbiy intizomlardan tashqari ArMI-2019 ning ochilish va yopilish marosimlarini ko‘rsatib o‘tdi. 25 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan erkaklar Xalqaro armiya o‘yinlarining eng faol tomoshabinlari bo‘ldilar, ular efirni tomosha qilgan umumiy foydalanuvchilar sonining 45 foizini tashkil etdi.
OKda ommabop sport voqealari translatsiyalari berib boriladi. Shu tariqa, 2019 yilning iyun oyida II Yevropa o‘yinlari translatsiyalari 55 milliondan ortiq marta tomosha qilindi. Avvalroq OK Xokkey bo‘yicha Birinchi kanal kubogini uzatib, u 5 mln dan ortiq marta tomosha qilindi.
2018 yil Olimpiya o‘yinlari Odnoklassnikidagi eng mashhur sport voqealaridan biri bo‘ldi. Pxyonchxandan uzatilgan musobaqalar translatsiyalari va eng yorqin lahzalarga ega videolar ijtimoiy tarmoqda 220 milliondan ortiq marta tomosha qilindi.
Kibersport yo‘nalishi ham OK da katta auditoriyani to‘playdi. Bunda 2018 yilda asosiy kibersport musobaqasi translatsiyalari 12 mln kishilik auditoriyani to‘pladi, 2017 yilda – 7 mln dan ortiq marta tomoga qilindi.