Va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan shaxs ushlandi

Jamiyat 17:53 / 20.08.2019 3121

2019 yil 17 avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIO FMBga hujjatlar tushgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, unda 2018 yil iyun oyida Chilonzor 4-berk ko‘chasida yashovchi 31 yoshli Q.A. Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 26 yoshli M.S.ga Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan bo‘sh yer maydonini maishiy xizmat ko‘rsatish joyi uchun olib berishini aytib, undan Algoritm dahasida 13 000 AQSh dollarini olgan va bergan va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Q.A. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: