Kartalarga masofadan buyurtma berish – tez va qulay!

Jamiyat 15:00 / 20.08.2019 8977

Bugungi kunda plastik kartalardan hamma joyda foydalanilmoqda va shu sababli «Ipak Yo‘li» banki bank kartalarini masofadan turib ochish bo‘yicha qulay va xavfsiz yechimni taklif etadi. Endi siz bankka tashrif buyurishingiz, navbat kutishingiz va hujjatlar taqdim etishingizga hojat yo‘q. Ipak Yo‘li Mobile mobil ilovasi yordamida talabnomani onlayn rasmiylashtirishingiz va kartaning tayyorligi haqidagi xabar kelishini kutishingizning o‘zi kifoya.

Buyurtma qilish jarayoni nihoyatda oddiy: ilovada mijoz o‘z talabiga mos keluvchi kartani tanlaydi, va «Buyurtma berish» oynasiga bosadi. Chiqarilgan karta uchun komissiya to‘lovi elektron hamyondan yoki mavjud kartadan yechib olinadi, hisob ham aynan shu usulda to‘ldiriladi. Rasmiylashtirish bir necha ish soatlarida amalga oshiriladi va foydalanuvchiga u tayyor kartani olib ketishi mumkin bo‘lgan eng yaqin bank bo‘limi manzili haqida xabar keladi.

Bundan tashqari, so‘ralgan joyga, masalan, elchixonaga taqdim etiladigan maxsus blankadagi ma'lumotnomalarga buyurtma berish xizmati ishga tushirildi. Buning uchun, bank mijozlari bir necha qadamlarni ketma-ket amalga oshirgan holda buyurtmani onlayn rasmiylashtirishlari mumkin.

Tayyor hujjat yoki kartochkani pasport yoki shaxsingizni tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etgan holda talabnomani to‘ldirish jarayonida siz tomondan ko‘rsatilgan, siz uchun qulay bo‘lgan istalgan bank bo‘limidan olishingiz mumkin.

O‘z vaqtingizni qadrlaysizmi? Uni bankka borishga sarflamang, zaruriy kartaga onlayn buyurtma bering!

Bu xizmatdan foydalanish yo‘llanmasini videotasvirda ko‘ring:

YouTube

Mover

Ipak Yo’li Mobile ilovasini yuklab olish uchun: https://bit.ly/ipakmob

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: