Shveytsariyaning qiruvchi samolyotlari Putin delegatsiyasi samolyotiga yaqinlashdi
Jyeneva shahri osmonida Fransiyaga yo‘l olayotgan Rossiya delegatsiyasining samolyotini Shveytsariyaning ikkita harbiy samolyoti bir necha daqiqa davomida kuzatib bordi.
Hukumat delegatsiyasi va muxbirlar bo‘lgan samolyot Rossiya va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin va Emmanyuel Makron uchrashuvini yoritish uchun Fransiyaga yo‘l olayotgan bo‘lgan.
Samolyotda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov va yordamchisi Yuriy Ushakov ham bo‘lgan. Peskovning ta'kidlashicha. bunday holatlar avval ham yuz bergan. “Bunday hodisalar avval ham bo‘lgan. Bu yomon emas. Biz norozilik notasini jo‘natganmiz va shveysariyaliklar buni mehmondo‘stlik ishorasi bilan tushuntirishgan”, deb aytgan Putinning matbuot kotibi.
Peredovoy samolyot s rossiyskoy delegatsiyey i jurnalistami kremlyovskogo pula, kotoryye budut osveshchat peregovory Putina i Makrona na yuge Fransii, neskolko minut v nebe nad Jyenevoy soprovojdali dva istrebitelya shveysarskix VVS. pic.twitter.com/ohyXJHADMf
— Kremlevskiy pul RIA (@Kremlinpool_RIA) August 19, 2019
Ta'kidlanishicha, shunday voqea 2016 yil noyabrda Putinning samolyoti Peruga yo‘l olayotganda yuz bergan. O‘shanda Il-96-300 samolyotiga Shveytsariyaning bir nechta qiruvchi samolyoti yaqinlashgan.
Shveytsariya mudofaa vazirligi matbuot kotibi o‘shanda bu voqeani odatiy tekshiruv bilan tushuntirgan. U buni politsiya patruli tomonidan mashinaning “o‘g‘irlanmaganiga ishonch hosil qilish uchun” tekshirilishiga qiyoslagan.
Ta'kidlanishicha, bunday parvozlar muntazam amalga oshiriladi va samolyotning kelib chiqishiga bog‘liq emas. Bunday amaliyot vaqtida samolyot qayd qilingan-qilinmagani tekshiriladi.
Shveytsariya tomonining ma'lum qilishicha, joriy holatda Rossiya delegatsiyasi samolyotini F/A-18 qiruvchi samolyotlari kuzatib borgan.
Mavzuga oid

01:44 / 08.03.2025
«Uning o‘rnida har kim ham shu ishni qilgan bo‘lardi» - Tramp Ukrainani bombardimon qilayotgan Putin haqida

21:46 / 07.03.2025
Putin Ukrainada ba’zi shartlarda o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor – Bloomberg

21:32 / 06.03.2025
Putin: Rossiya Ukrainadagi vaziyatda hech kimga yon bosmoqchi emas

22:17 / 05.03.2025