Qashqadaryo viloyat hokimi Shahrisabzda sayyor qabul o‘tkazdi – foto

Jamiyat 12:44 / 19.08.2019 13217

Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev Shahrisabz shahridagi «Beruniy» bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Tadbirda viloyat Xalq qabulxonasi rahbari, sektor rahbarlari, viloyat korxona, tashkilot, muassasa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Sayyor qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

Darhaqiqat, adolatli yondashuv, fikrlar xilma xilligi, fuqarolarning to‘planib qolgan har xil mavzudagi masalalarini o‘z vaqtida qalovini topish oson kechmadi.

«Shuncha o‘tkazilgan sayyor qabullarda muammolar bartaraf etilmadimi, demak, nazorati to‘g‘ri olib borilmayapti, mas'ullar e'tiborsizlik bilan qarayapti. Endilikda, sektor rahbarlarining natija bermaydigan, xalqning dardini yechmaydigan, ular o‘rtasida davlatga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otishga olib keladigan saviyasiz qabullar o‘tkazishi taqiqlanadi. Sayyor qabullarni nazorat qilish kengashi tashkil etiladi», – deydi viloyat rahbari.

Viloyat hokimi sayyor qabuliga kelgan fuqarolarning 26 nafari bir necha bor sektor rahbarlari qabulida bo‘lganliklari, hali ham muammosi ijobiy hal etilmaganini bildirishdi.

«Yil davomida yugurib-yelib bugun eshitish moslamasi olishga erishdim. Shuningdek, ko‘pdan buyon qizim orzu qilib yurgan yangi zamonaviy tikuv mashinasini bugunning o‘zida qizimga topshirilishi bizni judayam quvontirdi. Endi qizim tikuvchilik kasbini yana davom ettiradi», – deydi muammosi ijobiy hal etilgan Komila opa.

Qabulda 307 nafar fuqaroning jami 196ta murojaati tinglandi. Shundan 64tasi shu joyning o‘zida hal etildi. 113ta murojaat uchun muddatlar belgilangan bo‘lsa, 19ta murojaat shu kunning o‘zida borib o‘rganilganda asossiz murojaatligi aniqlandi.

Masalan, shahrisabzlik Sh.D ismli ayol yer so‘rab murojaat qilgan. Holat o‘rganilganda tuman hokimligi tomonidan berilgan yerni Sh.D o‘z maqsadlari yo‘lida sotib yuborgani aniqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: