Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulnora Karimovaga nisbatan yana bir necha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga nisbatan yana uchta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida axborot berdi.
«Bosh prokuratura tomonidan G.Karimovaga nisbatan davlat mulkini talon-toroj qilish, O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid bitimlar tuzish hamda o‘zgalarning juda ko‘p miqdordagi mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishlari qo‘zg‘atilishiga xalqaro kompaniyadan kelib tushgan ma'lumotlar va fuqarolarning arizalari asosida to‘plangan tekshirish hujjatlari asos bo‘lgan.
Aniqlanishicha, G.Karimova bir guruh shaxslar bilan til biriktirgan holda, «Quvasoysement» va «Bekobodsement» AJning davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalarini arzonlashtirilgan narxlarda sotib olgan.
G.Karimova qayd etilgan aksiyalarni chet el tadbirkorlariga sotgan hamda ularning noqonuniy faoliyatiga rahnamolik qilib, respublika manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.
Bundan tashqari, G.Karimova fuqarolar va turli kompaniya egalarini zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, ularning mulkini o‘ziga tegishli bo‘lgan kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilgan.
Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tergov davom etmoqda», deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
2017 yilning yozida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha ma'lumot bergan, unga ko‘ra Gulnora Karimova 2015 yilning avgustida, ya'ni birinchi prezident Islom Karimov davrida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgani va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani ma'lum bo‘lgandi.
Keyinroq Gulnora Karimovaga nisbatan firibgarlik, xorijiy valutani yashirish, bojxona qonunchiligini buzilishi bo‘yicha yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ma'lum qilindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2017 yil 18 dekabrdagi hukmi bilan unga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
2018 yilning 1 iyulida bu jazo 5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan.
U jazoni qizi Imon Karimovaning uy manzilida o‘tashi kerak bo‘lgan. Ammo ozodlikni cheklash qoidalarini buzganligi, chunonchi, uyni tark etgani, aloqa vositalari va Internetdan foydalangani uchun 2019 yilning 5 martida Zangiota tumanidagi umumiy tartibli 21-son ayollar koloniyasiga o‘tkazilgan.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Karimova jinoiy sheriklari yordamida 12ta xorijiy mamlakatda 1,3 milliard AQSh dollar, 63,5 million yevro, 27,1 million funt va 18,5 million frank miqdorida aktivlarni qonuniylashtirgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

23:08 / 24.04.2025
O‘zbekistonga Shveytsariya va Belgiyadan Gulnora Karimovga tegishli jami 290 mln dollar qaytarilishi mumkin

15:54 / 24.04.2025
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan mablag‘laridan 95 mln dollar O‘zbekistonga qaytarilgan

12:03 / 03.04.2025
Belgiya hukumati «korrupsiya va pul yuvish» jinoyatlari doirasida musodara qilingan 108 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarmoqchi

16:53 / 06.02.2025