O‘zbekiston | 23:08 / 24.04.2025
9477
7 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Shveytsariya va Belgiyadan Gulnora Karimovga tegishli jami 290 mln dollar qaytarilishi mumkin

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ko‘ra, Gulnora Karimova Shveytsariyaga noqonuniy olib chiqib ketgan mablag‘lardan 131 mln dollar qismini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Shundan 97 mln dollari BMTning ko‘p tomonlama trast jamg‘armasi huzuridagi “Ishonch” jamg‘armasiga kelib tushgan. Ushbu mablag‘ning 87 mln dollar qismi O‘zbekistonning ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga teng taqsimlangan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan aktivlarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha ushbu mamlakat hukumati bilan kelishuvlar imzolangani haqida bir necha bor xabar berilgan edi.

24 aprel kuni Olmaliq shahridagi matbuot anjumanida mablag‘larning qanchasi O‘zbekistonga qaytarilgani va nimalarga sarflanayotgani, jarayon qanday kechayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov Gulnora Karimova Shveytsariyaga noqonuniy olib chiqib ketgan mablag‘lardan 131 mln dollar qismini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilganini aytib o‘tdi. Shundan 97 mln dollari BMTning ko‘p tomonlama trast jamg‘armasi huzuridagi “Ishonch” jamg‘armasiga kelib tushgan. Ushbu mablag‘ning 87 mln dollar qismi O‘zbekistonning ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga teng taqsimlandi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondagi 231 ta tug‘ruq muassasalari uchun 23 turdagi 5 ming 841 dona zamonaviy tibbiy uskuna sotib olingan. 11 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlari o‘qitilgan. Iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan yana 1 ming 400 dan ortiq tibbiy jihozlar olib kelinishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ta’limga ajratilgan 43,5 mln AQSh dollarining salkam yarmiga axborot texnologiyalari va ta’lim imkoniyatlarini oshirish loyihasi ishga tushirilgan.

Ikkinchi komponentimiz, yigirma uch yarimni aytdik. Keyin yigirma million AQSh dollar miqdoridagi komponentimiz qolayapti. Ushbu komponentimiz doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Birlashgan Millatlar tashkilotlari bilan birgalikda maktablarda yashil va gender tamoyillariga asoslangan sanitariya-gigiyena tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilmoqda” – deydi Otabek Fozilkarimov.

Rasmiyga ko‘ra, ajratilgan mablag‘larga nima, qanchaga sotib olingani nazorat qilib boriladi. Shuningdek, u kelgusida Shveytsariya va Belgiyadan olinishi kutilayotgan mablag‘larga ham to‘xtaldi.

Alohida veb-sayt yaratilgan, ishonchli, havolalar ham berilgan va bundan keyin amalga oshirilgan ishlarning hisoboti ham o‘sha saytimizda e’lon qilib boriladi. Demak bizning birinchi transhimiz $131 mln. Keyingi transhimiz esa $182 mln. Bundan tashqari, Belgiya hukumati bilan ham hozirda qaytarish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. U yerdagi mablag‘ $108 mln. Bu bo‘yicha ham qo‘shimcha axborot berib boramiz. Hali aniq emas. Hozir muzokaralar olib borilmoqda” – deydi Fozilkarimov.

Kun.uz muxbiri Shveytsariyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Obolenskiydan mamlakatda muzlatib qo‘yilgan boshqa mablag‘lar haqida so‘radi.

Shunday qilib, biz avval tilga olgan $313 million. Shveytsariyada Gulnora Karimova ishi doirasida muzlatib qo‘yilgan mablag‘larning bir qismidir. Bu mablag‘lar uzil-kesil musodara qilingan. Chunki avval mablag‘lar muzlatiladi, so‘ngra an’anaviy huquqiy jarayon boshlanadi.

Agar ushbu jarayon natijasida mablag‘lar noqonuniy ekani aniqlansa, ular musodara qilinadi va keyinchalik qaytarilishi mumkin.

Demak, $313 million musodara qilingan va qaytarishga tayyor. Qolgan mablag‘lar bo‘yicha hozircha bir narsa deyishim qiyin, chunki sud jarayonlari davom etmoqda. Aytishim mumkinki, Shveytsariya va O‘zbekiston musodara qilingan barcha mablag‘lar O‘zbekiston xalqi manfaati uchun qaytarilishi kerak, degan tamoyilni qabul qilgan. Bizning holatda Shveytsariya bu mablag‘larning hech qanday qismini o‘zida saqlab qolmaydi, faqat jarayon xarajatlarini qoplaydi, xolos. Bu esa tabiiy hol. Qaytarish jarayoni musodara qilingan barcha mavjud mablag‘larga taalluqli bo‘ladi”- dedi u.

Anjuman davomida perinatal markazlardagi eski tibbiy asbob-uskunalar taqdiri haqida ham ma’lumot berildi. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxanova o‘tgan 30 yil davomida tug‘ruq komplekslariga jiddiy e’tibor berilmaganini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekistonda 30 yil davomida tug‘ruq komplekslarining reanimatsion bo‘limlari, operatsion xonalari va chaqaloqlar reanimatsiyasi borasida jihozlashga imkoniyat bo‘lmagan. Biz davlatimiz rahbaridan minnatdormiz. Shu fond pullari aynan perinatal xizmatga, ya’ni chaqaloqlar va homiladorlar xizmatiga yo‘naltirilgan. Bularning o‘rnida eski yoki eskirib qolgan apparatlar yo‘q. Ko‘plari birinchi marta kelmoqda. Onalar va go‘daklar o‘limini qisqartirish uchun 3 ta omil kerak bo‘ladi. Bular - kadrlar salohiyati, moddiy texnika bazani mustahkamlash va albatta jamiyatning onalarga bo‘lgan munosabati” – deydi Bositxonova.

Vazir o‘rinbosari qayd etishicha, “Ishonch – 2030” jamg‘armasi orqali barcha tug‘ruq muassasalari ta’mirlangan.

O‘zbekistonda ta’mirga muhtoj barcha tug‘ruq komplekslarimizni ta’mirladik. Hatto, Chirchiqdagi yangi tug‘ruq kompleksi to‘liq ekspluatatsiyaga topshirildi. Bugungi kunda Toshkent shahri va Surxondaryodagi tug‘ruq komplekslarimizning ta’miri yakunlanish arafasida” – deydi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yiliga 3 mingga yaqin chaqaloqlar to‘liq rivojlanmay, chala tug‘ilmoqda.

5 oylikda ham tug‘iladi, 22 haftalik bo‘lgan chaqaloq ham. Agar u 500 grammdan oshiq bo‘lsa, agar unda biror hayot belgisi ko‘rinsa, tirik tug‘ilgan chaqaloq hisoblanadi. Bunday chaqaloqlar bizda yiliga 3 mingga yaqin tug‘iladi. Bularning hammasi hayotini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha chorani ko‘rishimiz kerak. Agar chaqaloqning vazni 500 gramm bo‘lsa, 30 %, 1,5 kgdan yuqorilari 70%, 2 kgdan yuqorilari 95-100 % holatda hayoti saqlab qolinmoqda” – deydi Bositxonova.

Mavzuga oid