Dog‘istonlik jarrohlar rekord o‘rnatishdi
Rossiyaning Dog‘iston Respublikasi, Xasavyurt shahri markaziy shifoxonasining jarrohlari bir kunda o‘tkazilgan operatsiyalar soni bo‘yicha Rossiya rekordini o‘rnatishdi. Bu haqda RIA «Dagestan» xabar berdi.
Yurak – qon tomirlari jarrohlari Xachatur Kurginyan va Sobir Aydayev 8 soat ichida varikoz kasalligiga chalingan 53 nafar bemorda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishgan. Ularning barchasi muvaffaqiyatli chiqqan.
Bemorlar orasida Dog‘iston Respublikasi aholisi bilan birga, qo‘shni Checheniston va Ingushetiya Respublikasidan kelganlar ham bo‘lgan.
Jarrohlarning natijasi Rossiya rekordlar kitobi bosh muharriri Stanislav Kotenko tomonidan qayd qilindi. U jarrohlik xonasida kuni bilan jarayonni kuzatib bordi. Yakunda jarrohlarga rekord qayd qilingani haqida sertifikat topshirildi.
Mavzuga oid

17:22 / 09.03.2025
Checheniston va Dog‘istonda Telegram bloklandi

23:44 / 05.03.2025
Dog‘istonda bola ko‘targan ayolning boshiga muz qulab tushdi (video)

16:32 / 16.01.2025
Boshqalardan qarz bo‘lmagan o‘zbeklar – Dog‘istonda “O‘zbekiston” shaharchasi qanday paydo bo‘lgandi?

23:07 / 05.12.2024