Toshkentda o‘zi boshqarayotgan avtobusni nazoratdan yashirmoqchi bo‘lgan haydovchi ishdan bo‘shatildi

Jamiyat 08:09 / 17.08.2019 14262

“Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobuslar qatnovini to‘g‘ri tashkil etish, ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida o‘rnatilgan GPS nazorati tizimiga qasddan zarar yetkazgan haydovchilarga qat'iy choralar ko‘rilib, hatto ishdan bo‘shatilayotgani haqida ilgari ham bir necha bor xabar berilgandi.

8-avtobus saroyi tasarrufidagi 85-yo‘nalishda qatnovchi avtobus haydovchisi T.G‘. ham shu tarzda ishdan bo‘shatildi. U GPS treker kartasini olib tashlab, o‘zi boshqarayotgan avtobusni nazoratdan yashirmoqchi bo‘lgani uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Qayd etilishicha, T.G‘. 1994 yildan buyon ushbu avtobus saroyida haydovchi bo‘lib ishlab keladi. Hamkasblari o‘rtasida ham yaxshigina obro‘-e'tibor qozongan. 

“Ammo, erishgan yutuqlari unga belgilangan qonun-qoidalarni buzish yoki chetlab o‘tish huquqini bermasligini u vaqtida tushunib yetmadi.

Tizimda qat'iy tartib-intizomni yo‘lga qo‘yish, qatnovlari doimiyligini ta'minlash maqsadida ana shunday keskin choralar davom ettiriladi”, - deyiladi “Toshshahartransxizmat” xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: