Bugun, 9 avgust kuni Samarqand shahrining qator hududlarida ichimlik suvi ta'minotida uzilishlar paydo bo‘ldi. Bu borada Samarqand viloyat «Suvoqova» DUK shahar filiali bayonot bilan chiqdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 8 avgustdan 9 avgustga o‘tar kechasi soat 02:10 da Samarqand shahrini ichimlik suvi bilan ta'minlovchi «Cho‘ponota» suv inshootining yuqori bosimli tarmog‘ida favqulotda avariya sodir bo‘lgan.
«Shu sabab 10 avgust soat 10:00 ga qadar shaharning Siyob, Bog‘ishamol, Sartepa, Sug‘diyona, Amir Temur, Mikrarayon hududlarida, Samarqand tumanining shahar bilan tutash yerlarida ichimlik suvi yetkazib berishda uzulishlar kuzatiladi. Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi bayonotda.