Uelbek «Uotford»ga o‘tdi

Sport 20:15 / 07.08.2019 5059

«Uotford» klubi «Arsenal» va «Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Denni Uelbek bilan shartnoma imzoladi.

Avvalroq 28 yoshli futbolchi «Arsenal»ni erkin agent sifatida tark etgan edi. Shu tufayli u yangi jamoasiga bepul o‘tdi.

O‘tgan mavsumda Uelbek «Arsenal» tarkibida barcha musobaqalarda 8ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.

«MYu» tarkibida u Angliya chempionligini va yana 5ta sovrinni qo‘lga kiritgan edi. «Arsenal» bilan esa 4ta sovrinni olgan.

Ko‘proq yangiliklar: