Toshkentda Qurbon hayiti kuni avtobuslar soat 4:30dan yo‘nalishlarga chiqariladi

Jamiyat 12:18 / 07.08.2019 12454

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 11 avgust, yakshanba kuni nishonlanadi. Bayramni ko‘tarinki ruxda o‘tkazish, xalqimizga munosib sharoit yaratish maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan qator chora-tadbirlar belgilandi, deb xabar qilmoqda “Toshshahartransxizmat”.

Qayd etilishicha, aksiyadorlik jamiyati tomonidan Hayit kunlari poytaxt ahliga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida avtobuslar 4:30 dan yo‘nalishlarga chiqariladi. 

Jom'ye masjidlari atrofida “Toshshahartransxizmat” AJ mutasaddi xodimlarining 5:00 dan 8:00 gacha navbatchiligi tashkil etiladi. Jom'ye masjidlari oldidan o‘tuvchi yo‘llarda harakat vaqtincha cheklangan taqdirda avtobuslarni mazkur hududga yaqin, yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan yo‘llardan o‘tkazish choralari ko‘riladi.

Ko‘proq yangiliklar: