Sanfa kompaniyasi zamonaviy sport linoleumini ishlab chiqarishni boshladi

Jamiyat 09:00 / 07.08.2019 6414

Sanfa kompaniyasi 2009 yilda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, linoleum ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha katta tajribaga ega. Kompaniya issiqlik va tovush o‘tkazmaslik bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan bir necha turdagi linoleumlarni ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘zbekistonning ichki bozorida ham o‘z o‘rniga ega, bundan tashqari Azarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistan kabi davlatlarga eksport qilinadi.

Bugungi kunda sport inshootlarini qurish va inventarlarini ishlab chiqarish borasidagi mahalliy tadbirkorlarga yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, Sanfa kompaniyasi sport zallari va maydonlari uchun mo‘ljallangan, import mahsulot o‘rnini bosuvchi sport linoleumini Yevropaning zamonaviy texnologiyalari asosida ishlab chiqarishni Farg‘ona shahrida yo‘lga qo‘ydi.

Ta'kidlash joizki, ilgari ushbu turdagi mahsulot to‘laligicha Fransiya, Koreya kabi davlatlardan import qilib olib kelinardi. Endilikda esa ushbu mahsulot – sport linoleumi o‘zimizda xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilmoqda.

Ilgari sport zal deganda ko‘z o‘ngimizga yog‘och poldan iborat, har yili ta'mirtalab holatga keladigan, estetik va gigiyenik talablarga to‘la mos kelmaydigan zal kelar edi. Endilikda sport zallari so‘nggi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan qoplamalar bilan jihozlanmoqda.

Zamonaviy sport zallari va maydonlarini qurishda Sanfa Sportline sport pol qoplamalaridan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega:

  • Qoplamaning maxsus yumshoqlik darajasi sport mashg‘ulotlari davrida sportchini jiddiy shikast olishdan himoyalaydi;
  • Qoplamalarni o‘rnatish oson va qulay;
  • Linoleumning sanitar-antibakterial xususiyati gigiyenik tomondan tozalash, sifatli saqlashni ancha osonlashtiradi;
  • Boshqa turdagi qoplamalarga nisbatan xavfsiz bo‘lib, sportchini jarohat va lat yeyishlardan asraydi;
  • Sanfa Sportline sport linoleumiga ortiqcha tashvishlarsiz o‘zimizda buyurtma berish va qisqa muddatda olish mumkin;
  • Sanfa Sportline sport linoleumi 100% PVX dan tayyorlanganligi, uni yemirilishga chidamli qilib, uzoq muddat xizmat ko‘rsatishini ta'minlaydi.

Sanfa Sportline sport linoleumi elastik va yumshoq bo‘lib, zarbani yutish, shovqinni kamaytirish va boshqa shu kabi xususiyatlarga ega. Qoplama rulon ko‘rinishida o‘ralgan bo‘lib, tashish va o‘rnatish uchun qulay hisoblanadi. Mahsulotning yuqori sifati, moslashuvchanlik xususiyatlari va narxining arzonligi bilan sport zallarini zamonaviy usulda qurish yoki ta'mirlashda juda qo‘l keladi.

Shuningdek, Sanfa Sportline sport linoleumi doimiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishqalanish, shilinish, yemirilish holatlariga o‘ta chidamlidir. Sirpanchiqlikka qarshi mustahkam ishlangan. Linoleum qoplamaning tarkibi va o‘lchamlari sport o‘yinlarida koptokning sakrashi, yumalashi uchun kerakli sifatni ta'minlab beradi.

Sanfa Sportline sport linoleumi bu:

  • Made in Uzbekistan – sport uchun mo‘ljallangan zamonaviy texnologiya asosida ishlab chiqarilgan birinchi milliy mahsulot;
  • Xalqaro talablarga mos yuqori sifat;
  • Uzoq vaqt ekspluatatsiya qilish imkoniyati (10 yilgacha);
  • Har xil dizayn va ranglar tanlovi;
  • Sifat va narx uyg‘unligidir.

Yurtimiz bo‘ylab olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarida, xususan maktablar, bog‘chalar, fitnes klublar hamda boshqa tashkilotlarning sport zal va maydonlari uchun Sanfa Sportline sport linoleumlari to‘g‘ri tanlovdir!

Sanfa Sportline – ishonchli va sifatli maydonda sport bilan shug‘ullaning!

Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Kimyogarlar ko‘chasi, 3-uy

Telefon: +99878 148 12 20, +99898 302 50 12

E-mail: sanfa@sanfa.uz

Cayt: www.sanfa.uz

Telegram: t.me/SanfaSportline

Facebook: fb.com/SanfaSportline

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: