Jaziramada kuchli terlashdan qanday qutulganim haqida

Light 11:33 / 07.08.2019 39463

Tashqarida havo isigani sari insonlar ham ko‘proq terlashni boshlaydi – bu esa organizmning tabiiy holati. Biroq bu holatga ko‘z yumib, noqulay ahvolda yurish yaramaydi.

Har kuni ish, uy yumushlari, tushlik, kechki ovqat – bularning bari mendan katta quvvatni talab qiladi. Ayniqsa, muhim uchrashuvlar vaqtida siz doimo suhbatdoshingizda yoqimli taassurotlar qoldirishingiz kerak. Shu sababli, yozda men avvalambor, organizmni tetik tutishga va ortiqcha terlashdan himoyalanishga harakat qilaman.

Foto: ECO DRY

Xo‘sh, qanday qilib terlashga qarshi kurashish mumkin? Yoqimsiz hidlardan himoyalanishning imkoni bormi? Sizlarga o‘z tajribamda ko‘llagan ajoyib usulni tavsiya etaman.

Tez-tez dush qabul qilish.

Yoz kelishi bilan tongda hamda kechki vaqt dush qabul qilishga odatlaning. Bu nafaqat kun davomida ajralib chiqqan terini tozalashga, balki tanangiz tetik va mayin bo‘lishiga ham yordam beradi. Siz tanangizni qanchalik toza saqlasangiz, yoqimsiz terlash ehtimoli shunchaga kamayadi.

To‘g‘ri ovqatlanish.

Ha, ha, aynan taomlarni to‘g‘ri tanlab iste'mol qilish ham terlashga bevosita o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. O‘z taomnomangizga mevalar, pishloq, tvorog va tabiiy yogurtlarni qo‘shishga harakat qiling. Qaynoq, achchiq taomlar, sarimsoq, piyoz, karri va boshqa oziq-ovqatlar ham ko‘p teri ajralishi va badbo‘y hidga sabab bo‘ladi.

Foto: ECO DRY

Qulay libosni tanlash

Kiyimlarni tanlaganda ham doimo e'tiborli bo‘ling.  Sintetik matodan tikilgan liboslar havo o‘tkazmaydi va kuchli terlashga sabab bo‘ladi. Uning natijasida esa bakteriyalar rivojlanib, badbo‘y hid paydo bo‘ladi. Ayniqsa, yozda havo o‘tkazuvchi, paxtadan tayyorlangan kiyimlarni kiyish maqsadga muvofiq. Hattoki, shifokorlar ham shuni tavsiya etadi!

Antipersperant

Va nihoyat, ko‘pchilik tanlov jarayonida nazardan chetda qoldiruvchi terlashga qarshi vosita – antipersperant  ham terlashga qarshi kurashishda asosiy yordamchidir.

To‘g‘risini aytsam, doim antipersperant tanlaganda uning tarkibi, foydali xususiyatlariga e'tibor qilmay xarid qilaverardim. Biroq, bu noto‘g‘ri qaror! Hamisha sinalgan va tibbiy jihatdan tavsiya etiluvchi vositalarni tanlashga harakat qiling.

Foto: ECO DRY

Bu yili men o‘zim uchun ajoyib yangilikni kashf etdim: ECO DRY! U mutlaqo tabiiy tarkiblardan iborat bo‘lgan antiperspirant bo‘lib, uzoq muddat davomida sizni terlashdan saqlaydi. Siz har kuni doimiy qulaylikni his etasiz.

ECO DRY vositasi o‘zining universalligi bilan ajralib turadi: u erkaklar va ayollar uchun birdek ta'sir qiladi, shuningdek, organizmning barcha terlaydigan qismi (ko‘krak, qo‘ltiq osti, qo‘l kafti, oyoq)ga mos keladi.

Siz ham ushbu yangi antipersperantni qo‘llab ko‘ring. Ishonamanki, ECO DRY sizda ham yaxshi taassurot qoldiradi, yozda ortiqcha va yoqimsiz terlashning oldini olishga yordam beradi.

Darvoqe! Mahsulotni yurtimiz dorixona, supermarketlaridan topishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: +998 99 400 42 44 | +998 93 567 14 14 | +998 97 742 14 44

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: