2100 AQSh dollari evaziga Janubiy Koreyaga jo‘natishni va'da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat 07:49 / 07.08.2019 4669

2018 yilning mart oyida Olmazor tumanida o‘zini fuqarolarni chet elga jo‘natish bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbari sifatida tanishtirgan 47 yoshli Furqat D. tanishi bo‘lgan 30 yoshli Abror J.ga uni Janubiy Koreyaga jo‘natishni va'da qilgan. 

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, u o‘zining “xizmatlari” uchun 2100 AQSh dollari olib, va'dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. 

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: