2019 yil 31 iyul kuni soat 02:00larda noma'lum shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida yashovchi 25 yoshli G.M. ismli ayolning uyiga ochiq qolgan darvozasi orqali kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u uydan 8 mln. so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni To‘rtko‘l tumani Abay ko‘chasida yashovchi 42 yoshli U.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.