Jahon | 20:32 / 06.08.2019
5103
1 daqiqa o‘qiladi

Finnair samolyotlari bioyonilg‘ida parvoz qila boshladi

Foto: Flickr / Joi

Finnair aviakompaniyasi bioyonilg‘ida parvoz qiladigan samolyotlar reysini yo‘lga qo‘ydi.

Hozircha samolyotlar Xelsinkidan San-Fransiskoga va ortga parvoz qiladi. Bioyonilg‘i oshxonalarda foydalanilgan moylardan bioyonilg‘i ishlab chiqaruvchi dunyoda yagona bo‘lgan SkyNRG kompaniyasidan sotib olinadi. Kompaniya Kaliforniyada joylashgan.

Mazkur reyslar havoga karbonat angidrid ajralib chiqishini kamaytirishga qaratilgan "Push for change" tashabbusi doirasida amalga oshiriladi.

Mavzuga oid