2019 yil 28 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi 53 yoshli Z.Q. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu yil 27 iyul kuni noma'lum shaxs uyiga darvozasi orqali oshib kirib, mehmonxonasidan 20 780 000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Kitob tumani “Charmgar” MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan 21 yoshli R.J. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.