Rasman: Malkom «Zenit»ga o‘tdi

Sport 19:11 / 02.08.2019 5662

«Barselona»ning braziliyalik futbolchisi Malkom «Zenit»ga o‘tdi. Bu haqda peterburgliklar rasmiy sayti ma'lum qildi: «Malkomning transferi borasida «Barselona» bilan kelishuvga erishildi. Ko‘k-oqlar Malkomni Peterburgga kelgani bilan qutlaydi»,- deb yozdi rus klubi rasmiy sayti.

Malkomning transferi «Zenit»ga 40 million yevroga tushdi. Kataloniyaliklar braziliyalik futbolchini o‘tgan yili «Bordo»dan 41 million yevroga sotib olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: