O‘rtoqlik o‘yini. «Paxtakor» «Zenit»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
BAAning Dubay amirligida Toshkentning «Paxtakor» hamda Sankt-Peterburgning «Zenit» klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Rossiyaning amaldagi chempionlarining xorij yig‘ini doirasidagi dastlabki o‘rtoqlik bahsida Sergey Semak boshqaruvidagi «Zenit» «Paxtakor» ustidan yirik hisobda zafar quchdi. Mostovoyning dubli va Krapuxinning goli piterliklarga g‘alaba keltirdi.
Qayd etish joiz, Dubayda o‘tgan uchrashuvni Tribuna.uz muxbirlari hamda O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov stadiondan kuzatib borishdi. Shuningdek, ushbu bahsni rossiyalik taniqli sharhlovchilar Konstantin Genich, Denis Kazanskiy, Roman Gutsayt va Nobel Arustamyan stadiondan sharhlashdi.
24 yanvar (yakshanba)
O‘rtoqlik o‘yini. BAA. Dubay
«Paxtakor» - «Zenit» (Rossiya) - 0:3
Gollar: Mostovoy 2, 57 penalti, Krapuxin 17.
«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimets, Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Hojimat Erkinov, Xolmatov, Asadbek Sobirjonov, Eren Derdiyo‘q.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Eldor Suyunov, Azmiddinov, Chobanov, Sherzod A'zamov, Akromjon Komilov, Vladimir Kozak, H.Iminov, Roziyev, Sh.Temirov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Hoshimov.
«Zenit»: Vasyutin, Chistyakov, Proxin, Sazonov, Santos, Krugovoy, Barrios, Ozdoyev, Shamkin, Krapuxin, Mostovoy.
Mavzuga oid

23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi

02:13 / 18.02.2025
«Paxtakor» - Elit OChL 1/8 finalida

21:13 / 17.02.2025
Elit OChL. «Paxtakor» Riaskosning dubli evaziga «As Sadd»ni mag‘lub etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi

23:34 / 04.02.2025